Joriy yilning yanvar- aprel oylarida Bogʻot tumanida 196,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2025-yilning shu davriga nisbatan 62,4 % oʻsish qayd etildi.
Qurilish ishlarining 42,4 %i yoki 83,5 mlrd soʻmi norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri keladi.
Ushbu sektordagi qurilish ishlari hajmi oʻtgan yilning yanvar-apreliga nisbatan 90,0 % ga oshgan.
Shuningdek, tumanda yirik tashkilotlar tomonidan 91,0 mlrd soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 22,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Axborot xizmati



