2025/2026- oʻquv yili boshiga viloyatimizdagi oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlariga 13,7 ming nafar oʻquvchi qabul qilingan.
Shundan:
akademik litseylarga – 0,9 ming nafar
texnikumlarga – 12,8 ming nafar.
Oʻquvchilarning gender tarkibida qiz bolalar 5,9 ming nafarni (43,1 %), oʻgʻil bolalar – 7,8 ming nafarni (56,9 %) tashkil etgan.
2024/2025- oʻquv yili boshiga nisbatan qabul qilingan oʻquvchilar soni 4,4 ming nafarga yoki 47,3 % ga oshgan.

Axborot xizmati



