2025/2026- oʻquv yili boshiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 1-sinfiga qabul qilingan oʻquvchilar soni (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktablar va sinflar oʻquvchilari hisobga olinmagan holda) 38,2 ming nafarni tashkil etgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2024/2025- oʻquv yiliga nisbatan 2,7 ming nafarga yoki 7,6 % ga koʻp boʻlgan.
1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar umumiy sonida qiz bolalar ulushi 48,2 % ni, oʻgʻil bolalar ulushi esa 51,8 % ni tashkil etgan.

Axborot xizmati



