Shu yilning yanvar-oktabr oylarida  Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan 81,3 mlrd so‘mlik savdo aylanmasi amalga oshirilgan.

Xorazm viloyatining  2022- yilning yanvar-oktabr oylaridagi  ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 3 366,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat xorijga qiymati 70,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.

Joriy yilning  1- noyabr holatiga viloyatda tashish va saqlash sohasida 40 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan.

2022- yilning   yanvar-oktabr oylarida   Qo‘shko‘pir tumanida kichik biznes subyektlari tomonidan hajmi  330,8 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Xiva shahrida joriy yilning 10 oyida 370,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2022- yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 28 ta sanoat korxonasi tomonidan 1 806,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va ushbu korxonalarning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 12,3 % ni tashkil etdi.

Shu yilning  30- noyabrida, ya’ni viloyatimizda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari uchun tashkil etilgan  “Statistika asoslari” bo‘yicha uch kunlik o‘quv seminarining oxirgi ish kunida, ushbu tadbirning ishtirokchilarga statistik hisobotlarni  taqdim etish intizomi va ularning normativ-huquqiy hujjatlarda tasniflanishiga oid ma’lumotlar berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 28,9 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 171,6 mingta televizor eksport qilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 20,6 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 15,6 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi YUNISEF bilan hamkorlikda o‘tkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 81 %ida 17 yoshgacha, 42 %ida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bitta bola istiqomat qiladi.

2022- yilning  10 oyida viloyatda ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 425,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati shu yilning yanvar-oktabr oylarida  xorijga qiymati 14,6 mln dollarga teng bo‘lgan 16,8 ming tonna uzum eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda   umumiy qurilish ishlarining 23,8 %iga teng bo‘lgan 930,2 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi bajarilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-oktabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining 79,2 %  yoki 3098,9 mlrd so‘mi yangi  qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning 10 oyida Tuproqqal’a tumanida 6 199,3 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan.

2022- yilning   yanvar-oktabr oylarida  viloyatda hajmi  14,4 mlrd so‘mga teng bo‘lgan asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bog‘ot tumanida joriy yilning 9 oyida asosiy kapitalga hajmi 309,4 mlrd so‘mga teng bo‘lgan investitsiya o‘zlashtirilgan.