Xorazm viloyatida  joriy yilning 1- dekabriga tashish va saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan  kichik korxona va mikrofirmalar soni   o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga yoki 217 taga oshgan va 1 029 tani tashkil etgan.

2022- yilning   1- dekabr holatiga viloyatimizda axborot va aloqa sohasida  34 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan (2021- yilning shu davriga nisbatan soni 3 taga ko‘paygan).

2022- yilning 11 oyida viloyatda 5 499 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

2022- yilning  1- dekabr holatiga viloyatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 206 tani tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 448,9 tonna ishlov berilgan suyuq sut ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,1 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar natijasida 1629 o‘ringa mo‘ljallangan kasalxonalar ishga tushirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan. 

2022- yilning 10 oyi yakunida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 204,9 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3707,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 339,4 mldr so‘mni tashkil qilgan.

Tuproqqal’a tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida suv ta’minoti va  kanalizatsiya tizimlarini  rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan asosiy kapitalga 15,2 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan.

2022- yilning   yanvar-sentabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida asosiy kapitalga 676,4 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan.

Urganch shahri 2022- yilning 10 oyida xorijga 24,0 mln AQSH dollarlik mahsulot (xizmat)lar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich jami tashqi savdo aylanmasining 19,1 %ga teng bo‘lgan.

2022- yilning  yanvar-oktabr oylarida  Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 602,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 % ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 41 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 215,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.

2022- yilning 10 oyida viloyatimizga xorijiy davlatlardan qiymati 31,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan sanoat tovarlari import qilingan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan  aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyat bo‘yicha o‘sish sur’ati 123,0 %ni tashkil qilgan.

Hazorasp tumanida shu yilning yanvar-oktabr oylarida  291,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.