30/11/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 20,6 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 15,6 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

 Yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.

 O‘zbekiston 2022- yilning 10 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

 Rossiya – 5,3 ming tonna

 Qozog‘iston – 2,8 ming tonna

 Ozarbayjon – 1,9 ming tonna

 Afg‘oniston – 927 tonna

 Turkmaniston – 912 tonna

 Qirg‘iz R. – 791 tonna

 Xitoy – 735 tonna

 Pokiston – 664 tonna

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech