Viloyatimizda 2022- yil yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,3 %ni tashkil etgan va 2 105,0 mlrd so‘mga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida  2022- yil yanvar-oktabr oylarida  xizmatlar sohasida iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (24,7 %), boshqa xizmatlar (38,1 %),  aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (23,0 %), ijara xizmatlari (14,9 %) va ta’lim sohasidagi  xizmatlarda (20,9 %) qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda sanoat ishlab chiqarish  hajmi (14690,2 mlrd so‘m)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan  kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 344,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,0 %ni tashkil etgan.

2022- yilning 10 oyida viloyatda aholi  jon boshiga  iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi  o‘rtacha 4 809,9 ming so‘mni tashkil qilgan.

Viloyatimizning barcha  hududlarida narx kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar:

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtobus va mikroavtobuslar 702 donani tashkil etib, shulardan 63,5 % (446 dona) Oʻzbekistonda, 36,5 % (256 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr  oylarida  Hazorasp tumanida umumiy hajmi 324,1 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha jahonning 131 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan bo‘lib, TSAning nisbatan salmoqli hissasi Braziliya (25,2 %), Rossiya Federatsiyasi (19,5 %), Turkiya (14,7 %), Xitoy Xalq Respublikasi (13,6 %), Qozogʻiston (7,3 %)  davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Xorazm viloyatida 2022- yil 1- noyabr holatiga  25 256 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatdagi yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 387,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shu yilning  10 oyida viloyat avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 75 567 dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 5 9164 donasini yengil avtomobillar (13 520 taga yoki 29,6 %ga oshgan), 16 403 donasini maxsus yengil avtomobillar ( 3 832 taga 30,5 % ga oshgan) tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 14 147,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  joriy yilning 10 oyida  aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 4 294,7 ming so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida viloyat hududlari kesimida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi:

 2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 43,5 % ni, sanoat – 14,6 % ni, qurilish – 7,2 % ni va xizmatlar sohasi – 34,7 % ni tashkil etdi.