Joriy yilning  20- yanvar kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi  mutaxassisi N.Ro‘zmetova  Shovot tumanidagi “ Arbek” mahallasida bo‘lib, uy xo‘jaligi kuzatuviga tushgan xonadon egasi I. Masharipov bilan so‘rovnoma o‘tkazdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga oshdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 11,3 % ga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:

2023- yil 1- yanvar holatiga  Tuproqqal’a tumanida 741 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatib, 2022- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 16,6 %ga oshgan.

 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Xiva shahrida  344 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Yangiariq tumanida  faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1 433 tani tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan savdo xizmatlarining hajmi 2 581,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida   viloyatning  xizmatlar sohasida yuqori o‘sish  ta’lim sohasidagi  xizmatlar (29,7 %),  moliyaviy xizmatlar (27,4 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (23,8 %), ijara xizmatlari (13,2 %) va boshqa xizmatlarda (22,4 %) qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 13 414,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni boʻyicha  Xorazm viloyatining tashqi savdo aylanmasi  hajmi 785,5 mln  AQSH dollarini tashkil etib, 2021-  yilga nisbatan 268,3 mln AQSH dollariga yoki 51,9 %ga ko‘paygan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda Davlat statistika ishlari Dasturining bajarilishini samarali tashkil etish, viloyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tanlama  tarzda o‘rganish maqsadida  sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo va qurilish sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari faoliyati  kuzatuvlari tashkil etilmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda respublika bo‘yicha 932 192 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida mobil telefon uskunalari narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

📊Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- yanvar holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 193 tani tashkil etgan.
 Bu ko‘rsatkich  2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Bog‘ot tumanida 1 646 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Hazorasp tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 21,1 %ga oshgan va 1 705 taga yetgan.