23/01/2023

Joriy yilning  20- yanvar kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi  mutaxassisi N.Ro‘zmetova  Shovot tumanidagi “ Arbek” mahallasida bo‘lib, uy xo‘jaligi kuzatuviga tushgan xonadon egasi I. Masharipov bilan so‘rovnoma o‘tkazdilar.

Aytish lozimki, uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

 

Axborot xizmati