Qo‘shko‘pir tumanida 2022- yilda  556 ta yangi  korxona va tashkilot tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar- dekabr oylariga Xorazm viloyatida  44 904 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 23,1 promilleni tashkil etdi.

 2023-  yilning 1- yanvar davriga Yangibozor tumanida  davlat ro‘yxatidan o‘tgan 1 541 ta korxona va tashkilotning 1 457 tasi yoki  94,5  foizi faoliyat yuritmoqda.

2023- yilning 20- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning o‘tgan 11 oyi davomida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi  87,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5 104,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-noyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % darajasida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 235 dona “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 131,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekistonda 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. 

2023- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 034 taga yetgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida  294,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati  2021- yilning  mos  davriga nisbatan 106,6 foizni tashkil etdi.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2022- yilning  yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 5 703,6 ming so‘mga yetdi.

Xorazm viloyatida 2022- yilda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni  5 655 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar- dekabr oylariga Xorazm viloyatida jami 4891,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati  2021- yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda bozor xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 18 599 tani tashkil qilib, jamiga nisbatan ulushi 64,3 %ga teng bo‘lgan.

Mahalla faollari ishtirokidagi navbatdagi seminar bugun, 19- yanvar kuni  viloyatimizning Xonqa shaharchasi “Muqaddas” mahallasida tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda 87 105 dona “Lacetti-Gentra” avtomobili  ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda 5,2 mln. nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2022- yilning 11 oyida   Gurlan tumanida 485,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.