23/01/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga oshdi.

 Chakana savdo tovar aylanmasi hajmida 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan respublikaning Toshkent shahri (114,6 %), Namangan (114,2 %), Surxondaryo (113,0 %) va Xorazm (112,6 %) viloyatlarida eng yuqori o‘sish kuzatildi.

Matbuot xizmati