Xorazm viloyatida  2022- yilning yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmining hududlar kesimida taqsimlanishi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga  Urganch tumanining doimiy  aholisi soni  209 259 kishini tashkil qilgan.

2022- yilning 12 oyida  Xorazm viloyatidan xorijga eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 79,2 mln dollarni tashkil qilib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 13,4 %ga ko‘paygan.

2022- yilda viloyatimizda yetishtirilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari hajmining tarkibi:

Xorazm viloyatida 2022 – yilning yanvar– dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 24 610,4 mlrd so‘mni  tashkil qilgan.

Bugun, 31- yanvar kuni Xorazm viloyati  statistika boshqarmasida 2022- yil yakunlari  hamda  Davlat statistika Dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlili  va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida temiryoʻl transportida 8 987,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 1 038,1 ming kishiga koʻpdir (2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 7 949,4 ming yoʻlovchi tashilgan).

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 15 287 tani tashkil etgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli roʻyxatdan oʻtgan avtobus va mikroavtobuslar soni 15 627 donani tashkil etib, bir yil davomida ularning soni 1 398 taga koʻpaygan (2022- yilning 1-yanvar holatiga ushbu koʻrsatkich 14 229 tani tashkil etgan).

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarning hajmi 259,4 mlrd so‘mni tashkil etgan va 2021- yilning shu davriga nisbatan 6,9%ga oshgan.

2022 -yil yakunlari bo‘yicha  asosiy kapitalga ozlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 2700,9  mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, shundan 1710,6 mlrd so‘mi xorijiy kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning   2111,8 mlrd so‘mi o‘zlashtirilgan ( o‘sish sur’ati 102,8 %).

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil 1- yanvar holatiga Xorazm viloyatining doimiy aholisi soni 1958,2 ming kishini tashkil etib,  shundan 31,0 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,3 % i  mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yakunlari bo‘yicha viloyatimizning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 17,4 %ni  yoki   2 339,5 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga  Qo‘shko‘pir tumanining doimiy  aholisi soni  178 964 kishini tashkil qilgan.

2022- yilning 12 oyida viloyatda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2000,9 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 %ga teng bo‘lgan.

2022-  yilda  viloyatda kichik tadbirkorlikning ulushi yuqori bo‘lgan sohalar:

Xorazm  viloyatida 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida  savdo sohasida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 2 118 tani tashkil qilgan.