22/02/2023

Qo‘shko‘pir tumanida  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga  o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 969,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2021- yilning mos davriga nisbatan  hajmning 2,1 martaga o‘sishi kuzatilgan.

Tumanida  2022- yilda  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalarning 38,2 %i yoki 370,7 mlrd so‘mi  xorijiy investitsiya va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati