2023- yilning 1- avgust holatiga Xorazm viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik biznes subyektlari soni 30 460 tani tashkil etgan.

2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 16 209,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Davlat statistika dasturiga asosan  respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham  2023- yilning 21-31- avgust kunlari xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan tanlanma so‘rovnoma  o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 074,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 7,0 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 7,1 %ni tashkil etdi.

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 627 196 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafarga (6,4 %) koʻpaygan.

2023- yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Tojikiston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 13,9 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatimizda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida shaxsiy xizmatlarning ulushi 3,6 %ni yoki 246,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyul oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 45,5 ming tonna paxta tolasi  ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 123,3 % ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining yirik sanoat korxonalari tomonidan 4,3 trln so‘mlik  avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 39,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz sanoatida 72,7 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

Xiva tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 2023- yilning  yanvar-iyul oylarida 14,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Tuproqqal’a tumanining importi hajmi 120,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 %ga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida  Hazorasp tumanida 212,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 7 oyida  Yangiariq tumanida  ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 300,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning 7 oyida  Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 387,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida  Shovot tumanida 146,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, jami hajmning 65,8 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.