05/09/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda  tashish va saqlash sohasida 234 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115 taga oshgan.

Sohada eng ko‘p yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari Hazorasp (60 ta), Xonqa (35 ta), Qo‘shko‘pir (25 ta) va Shovot (24 ta) tumanlarida  tashkil qilingan.

Ma’lumot o‘rnida: 2023- yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda 1 063 ta kichik biznes subyekti tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat yuritgan.

 

 

Axborot xizmati