2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 2046,8  mlrd soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 145 139,3 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 51,4 % ni tashkil qildi.

2023-yilning  yanvar-sentabr oylarida Fransiyadan Oʻzbekistonga 14 291 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023- yil yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatidan xorijga 89,4 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.

2023- yilning  1- oktabr holatiga  viloyatimizda transport sohasida 1 105 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar - sentabr oylarida viloyatimizda 11 174,9 mlrd soʻmlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan va 2022- yilning shu davriga nisbatan 2,5 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 33 858 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 2683 taga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar o‘rtacha 3 422,2 ming so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 3 698,1 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 90,4 % ini tashkil etdi.

Hisobot davrida viloyatimiz bo‘yicha  387,8 ming tonna jami don yetishtirilgan bo‘lib, xo‘jalik toifalari orasida jami don yetishtirishning eng katta hajmi fermer xo‘jaliklarida qayd etildi  va 260,6 ming tonna ( umumiy hajmidan 71,7 %)ni tashkil qildi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 19 279,9 mlrd so‘mni tashkil etib, eng yuqori hajmi Urganch (2348,9 mlrd so‘m), Qoʻshkoʻpir (2046,8 mlrd so‘m) va Bog‘ot (1945,1 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida 7380,0 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʻati 112,4 %ni tashkil qilgan.

Viloyatimizda  2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  hajmi 491,7 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish  xizmatlari ko‘rsatilgan.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4 428,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,2 %ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,9 % ni tashkil etib, 239,5 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga ko‘paydi.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 609,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati  101,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda bajarilgan jami qurilish ishlarining 75,5 %i  yoki 3 086,4 mlrd so‘mi yangi qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 2023- yil yanvar-sentabr oylarida 4 850,1 ming so‘m bo‘lgani holda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,2 % o‘sishni ko‘rsatgan.