Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 956 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. Ularning so‘nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 304 624 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

2023- yil yanvar-sentabr oylarida  viloyatimizga xorijdan 27,3 mln AQSH dollarlik sanoat mahsulotlari import qilingan.

Xorazm viloyatiga joriy yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan  173,6 mln AQSH dollar  qiymatidagi mashinalar va transport asbob-uskunalari  import qilingan.

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga aholi zichlik 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 328 kishidan to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  Yangibozor tumani sanoatida 402,3 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 88,6 %ni tashkil etgan.

Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi shu yilning yanvar-sentabr oylarida  276,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 9,2 %ga o‘sgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  Yangiariq tumanining sanoat ishlab chiqarishi  hajmi 419,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Tuproqqal’a tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 195,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 8,1 %ga oshgan.

Xiva shahrida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida  433,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajmning 70,3 % quyidagi xizmat turlari hissasiga to‘g‘ri kelgan:

Urganch shahrida joriy yilning  yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 377,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanida 1753,9 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,4 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Gurlan tumanida 214,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanida 824,7 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xonqa tumanida shu yilning yanvar-sentabr oylarida  617,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 % o‘sish qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Urganch tumanida 1497,2 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib,  oʻtgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,2 %ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Bog‘ot tumanida 208,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 50,5 %i yoki 105,5 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan faoliyat turlari: