02/11/2023

Hisobot davrida viloyatimiz bo‘yicha  387,8 ming tonna jami don yetishtirilgan bo‘lib, xo‘jalik toifalari orasida jami don yetishtirishning eng katta hajmi fermer xo‘jaliklarida qayd etildi  va 260,6 ming tonna ( umumiy hajmidan 71,7 %)ni tashkil qildi.

Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining jami don  yetishtirishdagi ulushi 27,9 %ni (108,2 ming tonna), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi esa 4,9 %ni (19,0 ming tonna) tashkil etdi.

2022- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, fermer xo‘jaliklarida 8,6 %, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida 0,4 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 20,0 % o‘sish qayd etildi.

 

Axborot xizmati