02/11/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida 7380,0 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʻati 112,4 %ni tashkil qilgan.

Jami qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 39,8 %i dehqonchilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:

fermer xoʻjaliklari -  50,6 % (3734,3 mlrd soʻm)

dehqon va tomorqa xoʻjaliklari - 43,5 % (3211,1 mlrd soʻm)

qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar - 5,9 % (434,6 mlrd soʻm).

 

 

Axborot xizmati