02/11/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 19 279,9 mlrd so‘mni tashkil etib, eng yuqori hajmi Urganch (2348,9 mlrd so‘m), Qoʻshkoʻpir (2046,8 mlrd so‘m) va Bog‘ot (1945,1 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning mos davriga nisbatan tarmoqda ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari Gurlan (111,5 %), Qoʻshkoʻpir (110,2 %) va Tuproqqal’a (107,6 %) tumanlarida qayd etildi.

 

Axborot xizmati