Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-aprel oylarida  1 895 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 25 551 tani tashkil etdi.

2023- yilning 16- may kuni Xiva shahrida statistika idoralari mas’ullari tomonidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalaridagi mahsulotlarning narxlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida Toshkent metropolitenida jami 38,7 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2022-yilning mos davriga nisbatan ularning soni 11,3 mln.ga koʻpaygan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 9 729 961 ta oilalar mavjud. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 5,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 471 dona yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Urganch tumanida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo tovar aylanmasi hajmi 2022- yilning shu davriga nisbatan 1,7 %ga oshgan va  9,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga Tuproqqal’a tumanining doimiy aholisi soni 58,3 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,5 %ga koʻpaydi.

Xonqa tumanida 2023- yil yanvar-mart oylarida  191,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlar ko‘rsatilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida  Hazorasp tumani sanoatida 15,1 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023– yilning yanvar-mart oylarida Gurlan tumaniga xorijdan  tashqi savdo tovar aylanmasining 42,4 %iga teng bo‘lgan 3,5 mln AQSH dollarlik mahsulot import qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Shovot tumanida 290,0 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan.

Qo‘shko‘pir tumanida 2023–yilning yanvar-mart oylarida 59,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Yangibozor tumanida  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida aholi mablag‘larininig ulushi 33,5 % yoki 26,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  joriy yilning 3 oyi ichida Xiva tumanida 310,1 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 101,3 %ni tashkil etgan.

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida  faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 741,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Urganch shahrining eksport hajmi 7,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.