11/08/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan  4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda. Tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga  tushgan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan turar joylarning qurilish ko‘rsatkichlarini 1kv/mga nisbatan hisoblashga yo‘naltirilgan mazkur kuzatuv asosida statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Hududiy statistika bo‘limlari mutaxassislari ushbu jarayonni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganib, oligan ma’lumotlarni planshetlarga qayd etib bormoqdalar.
Suratlarda  shu yilning 11- avgust kuni Qo‘shko‘pir va Gurlan tumanlarida o‘tkazilgan kuzatuvlardan lavhalar.



 Axborot xizmati