11/08/2023

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish butun mamlakatimizda bo‘lgan kabi viloyatimizda ham olib borilmoqda. Xususan, tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biri bo‘lgan xonadonlarni raqamlanish holatlarini o‘rganish ishlari barcha tumanlarda davom etmoqda.

Joriy yilning 11- avgust kuni Xonqa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i S.Hasanov tomonidan tumandagi “Mahorat” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar,  raqamlangan va raqamlanmagan uylar, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligini o‘rganish va monitoringini yuritish hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari  joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.   

 

  Axborot xizmati