2021- yilning 1- noyabr holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 466 ta oilaviy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan   92,7 % yoki  430 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 10 oyida viloyat xorijga umumiy qiymati 57,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirgan.

2021- yilning 1- noyabr holatiga Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni  64 tani tashkil qilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 23,1 % ga oshgan.

2021- yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyat jahonning 94 ta davlati bilan umumiy hajmi 420,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan tashqi savdo aylanmasini amalga oshirgan.

 O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida qiymati 54,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 77,4 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Gurlan tumanida 186,9 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,5 % ni tashkil qilgan.

2021- yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatning Urganch tumanida  umumiy hajmi 67,5 mlrd.so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning  1- noyabriga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 185 tani tashkil qilgan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida  viloyatda avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 577,0 mlrd.so‘mga teng  bo‘lgan.

2021- yilning  1- noyabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 21 613 tani tashkil qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste’mol narxlari kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida kartoshka narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 10 % ga qimmatlashgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Tuproqqal’a tumanida bozor xizmatlarining 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati  viloyatdagi eng yuqori - 153,9 % darajada qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda 2 517,2 mlrd.so‘mlik bino va inshootlar qurilishi amalga oshirilgan.

2021- yilning 10 oyida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasining jami hajmi 2 463,6 mlrd. so‘mni tashkil etib,  2020- yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan  1,1 % ga oshgan.

Joriy  yilning  yanvar-oktabr oylarida  viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan  dehqon va chorva (parranda) bozorlarida tanlanma kuzatuv o‘tkazilgan.

2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 57,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (17,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,1 %) o‘z ichiga oladi.

2021- yilning 9 oyida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan  asosiy kapitalga 480,8 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.