11/08/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanidagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan umumiy hajmi 202,1 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mahsulot hajmi 10,4 %ga oshgan.

Uzum yetishtirish bo‘yicha tumanning viloyatdagi ulushi hisobot davrida 14,6 %ga teng bo‘lgan va yetishtirilgan hosil 167,6 tonnani tashkil etgan.

2022- yilning 6 oyi natijalari bilan solishtirilganda, hisobot davrida tumanda uzum yetishtirish hajmi 11,0 %ga oshgan.

 

Axborot xizmati