Bugun, 8- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 1-iyul holatiga Shovot tumanining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 34,7 ming boshni, shundan sigirlar – 32,9 ming boshni, qoʻy va echkilar – 38,8 ming boshni, otlar – 541 boshni hamda parrandalar – 585,9 ming boshni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi 1273,7 mlrd so‘mga teng bo‘lib, jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 18,6 %ni tashkil etdi.

2023- yilning 7 oyida Yangibozor tumanidagi umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 5,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar-iyuliga nisbatan 1,7 %ga yoki 1,3 mlrd so‘mga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xiva shahrida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 330,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning 7 oyida Qo‘shko‘pir tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 283,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,3 % darajada qayd etilgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Bog‘ot tumanida 254,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 87,7 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Gurlan tumanida 2 106 ta tijorat korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1 564 tasi (74,3 %i) faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati sanoatida yirik korxonalar tomonidan joriy yilning dastlabki 7 oyida 16 029,4 tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 106,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyat bo‘yicha 3 727 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, shundan 652 tasi (17,5 %i) sanoat sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Xorazm viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik biznes subyektlari soni 30 460 tani tashkil etgan.

2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 16 209,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Davlat statistika dasturiga asosan  respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham  2023- yilning 21-31- avgust kunlari xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan tanlanma so‘rovnoma  o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 074,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 7,0 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 7,1 %ni tashkil etdi.

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.