18/10/2023

2023- yilning 1- oktabr holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 24 243 ta tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra tarkibida eng yuqori ulush mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 57,5 % (13 942 ta)ni tashkil qilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan MCHJlari soni 470 taga yoki 3,5 %ga oshgan.

Sohalar kesimida eng yuqori o‘sish sur’ati yashash va ovqatlanishda 118,3 %ni, savdoda – 116,4 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 113,1 %, tashish va saqlashda – 112,4 %, axborot va aloqada – 110,8 %ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati