2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi hajmi 4 208,9 ming so‘m bo‘lgani holda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,3 % o‘sishni ko‘rsatmoqda.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida bu ko‘rsatkich 3720,8 ming so‘mni tashkil etgan.
So‘nggi 5 yilda aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi hajmining o‘zgarish dinamikasi (ming so‘mda):
2019- yilda – 1858,8
2020- yilda – 1871,5
2021- yilda – 2352,0
2022- yilda – 3720,8
2023- yilda – 4208,9.
Axborot xizmati