Qo‘shko‘pir tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar-avgust oylarida 23,0 mln AQSH dollarini tashkil etgan va 2022- yilning mos davriga nisbatan 73,2 %ga oshgan.
Umumiy hajmning 81,8 %i yoki 18,8 mln dollari tovar va xizmatlar importi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Import hajmida yuqori ulushga ega tovarlar:
mashinalar va transport asbob-uskunalari – 17,2 mln dollar
har xil tayyor mahsulotlar – 0,8 mln dollar
oziq-ovqat mahsulotlari – 0,6 mln dollar.
Axborot xizmati