27/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 14 212,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.
27/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida Xorazm viloyatida 873,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Xizmatlar umumiy hajmining iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanishi:
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yil yanvar oyida xizmatlar sohasida yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (22,2 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (19,7 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (20,4 %) va ta’lim sohasidagi xizmatlarda (28,5 %) qayd etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning yanvar oyida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 450,1 ming so‘mga yetdi.
27/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida Xorazm viloyatining xizmatlar eksporti hajmi 1,0 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 4,9 %ni tashkil etdi.
📊Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar oyi yakunida Xorazm viloyatining tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlari tarkibida Pokiston (eksport umumiy hajmining 35,6 %), Rossiya Federatsiyasi (25,5 %), Qirg‘iziston (12,8 %), Turkiya (6,4 %), Eron (4,2 %), Qozog‘iston (4,0%) va Xitoy Xalq Respublikasi (3,2 %) saqlanib qolmoqda.
27/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 27- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxondigini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
27/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2022- yilning yakuni bo‘yicha statistika dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlagan hamda faoliyatida yuqori samaradorlikka erishgan bir guruh tarmoq bo‘lim boshliqlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faxriy yorliqlarini topshirish tadbiri o‘tkazildi.
Bugun, 24- fevral kuni Shovot tumanida 4-TJ yakka tartibda foydalanishga topshirilgan uy- joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Joriy yilning 24- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassisi Sh.Xudoyberganov bilan birgalikda Shovot tumanidagi “Manoq” mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 17 ta xorijiy davlatlarga qiymati 25,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 230 mingta kir yuvish mashinalari eksport qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda respublikamizda qariyb 1,8 mln. tonna uzum yetishtirilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda respublikamizda 2,7 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 tani tashkil etmoqda.
24/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Urganch shahrida 4 444 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 3 200 ta kichik korxona va mikrofirma faoliyat yuritmoqda
24/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- fevral holatiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) soni 3 268 tani tashkil qilgan.
24/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida 191,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,9 %ni tashkil etgan.
24/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- fevral holatiga 4 665 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.
467-sahifa 647 dan