2024- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 711 tani tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-oktabr oylarida viloyatimizdagi dehqon bozorlarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil qildi.

Xorazm viloyatida joriy yilning 10 oyida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5,2 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-oktyabr oylari bilan taqqoslaganda, 2,3 trln so‘mga oshgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil yanvar-sentabr oylarida transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish tarkibida avtomobil transporti yetakchilik qilmoqda. Uning jami yo‘lovchi tashish hajmidagi ulushi – 95,9 % ni tashkil etmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2024- yilning 1- noyabr holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida 15 297 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 261 tasi qo‘shma va 11 036 tasi xorijiy korxonalardir.

2024 yilning yanvar-oktabr viloyatimiz bo‘yicha ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlarning hajmi 538,1 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 % ga oshdi.

Joriy yilning 10 oyida viloyatimizning ishlab chiqaradigan sanoatida 23,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va fizik hajm indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatda sanoat sohasida 4 171 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda 6 137 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra ularning tarkibi quyidagicha bo‘ldi:

Shovot tumanida  2024- yilning yanvar-oktabr oylarida  277,2  mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,3 % ni tashkil qildi.

2024- yilning  yanvar-oktabr oylarida Xonqa tumanida 854,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, jami sanoat mahsulotlari hajmining 45,0 % i yoki 384,8 mlrd so‘mi tumanda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida 22 455,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajm sohalar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga  qiymati 126,3 mln AQSH dollarlik 23,2 ming tonna dukkakli sabzavotlar eksportini amalga oshirdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,6 % ni, fizik hajm indeksi 137,2 % ni tashkil qildi hamda ishlab chiqarish hajmi 144,9 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024 yilning yanvar-oktabr oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan 347 ta qurilish tashkiloti tomonidan 999,0 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida 3,1 trln so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 12,1 % ni tashkil qildi.

Viloyatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-oktabr oylarida  238,3 mln AQSH dollarini tashkil qildi.