13/05/2025

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan 382 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 348,9 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Viloyat sanoat ishlab chiqarishida tumanning ulushi 5,0 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-martiga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 107,5 % ni tashkil qilgan.

Tuman sanoatida yuqori hajmga ega ishlab chiqarish tarmoqlari:

 

toʻqimachilik  - 164,6 mlrd soʻm

oziq-ovqat mahsulotlari – 40,2 mlrd soʻm

boshqa nometall mineral mahsulotlari – 56,0 mlrd soʻm

kiyim ishlab chiqarish – 36,9 mlrd soʻm.

 


Axborot xizmati