2025- yilning yanvar-mart oylarida Tuproqqalʼa tumanida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 98,2 mlrd soʻmlik qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, oʻsish surʼati 102,8 % ni tashkil qildi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning 6,8 % ini dehqonchilik, 93,2 % ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etdi.
Tumanda jami qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 88,9 % ulushi dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi.
Axborot xizmati