14/05/2025

Joriy yilning 13-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida uzoq yillar sidqidildan mehnat qilgan xodimlarni mehnat nafaqasiga kuzatish munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda boshqarma boshligʻi A.Oʻtamuratov tizimda ishlarni toʻgʻri va samarali tashkil etishga qoʻshgan hissalari, kasb sirlarini yosh kadrlarga oʻrgatishdagi faoliyati va koʻp yillik fidokorona mehnatlari uchun nafaqaga chiqayotgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi  nazorati  boʻlimi arxivariusi Z.Babajanova, Statistik registrlarni yuritish boʻlimi yetakchi mutaxassisi D.Mahmudova hamda Xonqa tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi M.Masharipovalarga minnatdorchilik bildirdi.

Soʻzga chiqqan boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari U.Bardiyev, X.Egamov, boʻlim boshliqlari D.Artikov, D.Qurbanovalar  statistika boshqarmasining bugungi kundagi faoliyati zamirida tajribali mutaxassislarning mehnati mujassamligini alohida taʼkidladilar va faxriylarga kelgusi hayoti hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Faxriy xodimlarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

 

Axborot xizmati