Joriy yilning 13- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targʻibot yoʻnalishida seminar tashkil etildi.
Seminarda barcha xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-133-sonli qarori tanishtirildi.
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da energiya resurslaridan davlat idoralari va ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi va samaradorligini yanada oshirish ayniqsa ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tadbir davomida yuqoridagi maqsadlarni koʻzlovchi ushbu qarorning mazmun va mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
Axborot xizmati