18/08/2022

     2022- yilning   1- avgust holatiga   viloyatda 5 207 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda oilaviy korxonalar sonining  29,7 %ga yoki 1 193 taga oshgani  kuzatilgan.

    Joriy yilning 7 oyida viloyatda 1 037 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilib, 2021- yilning yanvar-iyul davriga nisbatan ularning soni   421 taga yoki 68,3%ga ko‘paygan.

    Oilaviy korxonalar demografiyasining o‘tgan yilga nisbatan dinamik o‘zgarishi hududlar kesimida tahlil qilinganida, Xiva tumanida 81 taga, Shovot tumanida 68 taga, Urganch tumanida 65 taga,  Yangiariq tumanida 64 taga  oshgani kuzatilgan.

 Axborot xizmati