Joriy yilning 7 oyida Qoʻshkoʻpir tumanida hajmi 716,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, oʻsish surʼati 2025-yilning yanvar-iyul oylari bilan taqqoslaganda 124,9 % ni tashkil etgan.
Tumanda eng yuqori hajm transport (230,2 mlrd soʻm) va savdo (181,2 mlrd soʻm) xizmatlarida kuzatilgan.
Yuqori oʻsish surʼati esa yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar (2,3 marta), meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari va texnik sinov sohasidagi xizmatlar (146,8 %) hamda taʼlim sohasidagi xizmatlarda (143,7 %) qayd etilgan.

Axborot xizmati



