Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 10-sentabrdagi 190-sonli “Statistikani rivojlantirish - 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning izchil davomi boʻlib, soha faoliyatini sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga koʻtarishni nazarda tutadi.
Shu yilning 18-sentyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu farmonning mazmun mohiyati, maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil maʼlumotlarni berdi.
Seminar davomida “Davlat xaridlari qiymatini baholashning shaffof tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining VM-480-sonli qaroridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ham tushuntirishlar berildi.


Axborot xizmati



