18/08/2022

      Bugun, 18- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida tashkil etilgan ayollar maslahat kengashi o‘zining ilk yig‘ilishini o‘tkazdi.

       O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov raisligida  shu yilning 18- may kuni o‘tkazilgan Vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi tashkilotlar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan majlis bayonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Davlat statistika qoʻmitasi tizimidagi barcha hududiy boshqarmalarda  xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti va ayollar maslahat kengashlari tuzildi.

       Shu munosabat bilan viloyat statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ishtirokchilariga  boshlang‘ich tashkilotning nizomi yaqindan tanishtirilib, maslahat kengashi asosiy vazifalari, xususan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

        Yig'ilishda hududiy boshqarmaning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti va ayollar maslahat kengashi a'zolari va jamoada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar qatnashdilar.

Axborot xizmati