Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari 156 563 donani tashkil etib, shulardan 95,3 % (149 229 dona) O‘zbekistonda, 4,7 % esa (7 334 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.
Respublika bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi avtotransport vositalarining eng katta ulushi Toshkent shahri (jamiga nisbatan 26,8 % yoki 41 928 dona) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Matbuot xizmati