Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021- yilning 1- oktabr holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 116 ming tonna sholi etishtirilgan.
Sholi etishtirish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 % ga oshgan.
2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p sholi etishtirgan hududlar:
Xorazm viloyati – 58,2 ming tonna
Andijon viloyati – 25,3 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 14,5 ming tonna
Sirdaryo viloyati – 5,6 ming tonna
Toshkent viloyati – 5,5 ming tonna
Namangan viloyati – 5,3 ming tonna
Matbuot xizmati