2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va
7 065,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
2020- yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan hajmning o‘sishi 14,5 % darajada qayd etilgan.
Kichik biznes subyektlarining viloyatning jami chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi 87,0 % ni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Tuproqqal’a (99,7 %), Yangiariq (99,4 %), Bog‘ot (99,2 %) va Shovot (98,3 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.
Axborot xizmati