26/08/2021

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 779 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1 062,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,0 % ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2021 yilning:

-        yanvar oyida 109,5 mlrd. so‘m (fizik hajm indeksi 96,3 foiz);

-        yanvar–fevral oylarida 225,0 mlrd. so‘m (94,2 foiz);

-        yanvar–mart oylarida 473,2 mlrd. so‘m (99,3 foiz);

-        yanvar–aprel oylarida 689,6 mlrd. so‘m (108,1 foiz);

-        yanvar–may oylarida 823,4 mlrd. so‘m (104,2 foiz)ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati