Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida 951,1 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Jami iste’mol mahsulotlari hajmida 24,1 % ulushga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,6 % ga oshgan.
Shahar va tumanlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilish ko‘rsatkichlari:
- viloyat jami hajmi eng yuqori ulush Urganch shahriga to‘g‘ri kelib – 38,8 % ni tashkil qilgan.
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atida eng yuqori ko‘rsatkich Gurlan tumanida (150,8 %) va Hazorasp tumanida (147,3 %) kuzatilgan.
Axborot xizmati