26/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra,  joriy yilning  yanvar-iyul oylarida    viloyatda 1 075,5 mlrd. so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,9 % ni tashkil qilgan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida transport xizmatlarining ulushi 23,5 % bo‘lgan (savdo xizmatlari (25,6%) dan keyin 2- ko‘rsatkich) .

 Transport xizmatlarining tarkibida avtotransport xizmatlarining hajmi 1 032,4 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 17,5 % o‘sish  kuzatilgan.        

 

                                                                               Axborot xizmati