Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmi 237,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
2020- yilning shu davriga nisbatan hajm o‘sishi 41,5 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 119,8 % ga teng bo‘lgan.
Jami xizmatlar hajmi aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining 5,1 % ulushga ega bo‘lgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida esa eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egallab, 96,4 % ni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: respublika bo‘yicha aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 20,3 foizga ko‘tarildi. Hududlar kesimida esa nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (132,4 %), Sirdaryo (123,8 %), Surxondaryo (120,6 %), Xorazm (119,8 %) va Qashqadaryo (119,7 %) viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida (123,0 %) qayd etildi.
Axborot xizmati