Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga viloyatda 22 144 ta kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan, 20 691 tasi yoki 94,3 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida 2 586 ta kichik korxona va mikrofirma yangi tashkil qilingan.
Ma’lumot uchun: 2020- yilning 1- avgust holatiga viloyatda 17 292 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritgan, shundan 3 088 tasini shu yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil qilingan kichik korxona va tashkilotlar tashkil etgan .
Axborot xizmati