19/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat MDH dan boshqa xorijiy davlatlarga qiymati 36,3 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan mahsulot va xizmatlar eksportini amalga oshirgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 173,1 %) va jami eksport hajmining 34,5 % ushbu davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 ?  Eksport hajmining tarkibi:

  • Sanoat mahsulotlari – 26,9 mln.dollar,
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 3,9 mln.dollar,
  • Nooziq-ovqat xom-ashyo – 2,8 mln.dollar,
  • Xizmatlar – 2,5 mln.dollar.,
  • Kimyoviy vositalar – 0,1 mln. dollar.

 

                                                Axborot xizmati