19/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda 2 685 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, 2020- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 16,7 % ga kamaygan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra korxonalar  demografiyasi ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, o‘tgan yilning 1- avgust holatiga nisbatan quyidagi xizmatlar sohasidagi yangi tashkil etilgan korxonalar sonida ko‘payish kuzatilgan:

  • Tashish va saqlash sohasida- 26 taga oshgan,
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 26 taga,
  • Axborot va aloqa sohasida – 11 taga.

 

                                                        Axborot xizmati