2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa targ‘ibot ishlarining mahallalar, idora va tashkilotlar kesimida tashkil etilayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun, 19- avgust kuni navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Xiva shahridagi “Gulshan-2” mahalla fuqarolar yig‘inida hamda shahar SEOM da, Shovot tumani “Qo‘shko‘pir” MFY da, Urganch tumani “Vatanparvar” tashkiloti tayyorlov guruhlarida, Xiva tumani “Sapcha” mahalla fuqarolar yig‘inida hamda DXM da, Gurlan tumanidagi “Yangi asr” MFY faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ushbu hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilgan statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan keng jamoatchilikka aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish, tadbirning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati